Tataristonda o‘quvchilar Shahed dronlarini yig‘ishga majburlanmoqda

Olam

image

Tataristonning “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasidagi Alabuga politexnika kollejining voyaga yetmagan o‘quvchilari Shahed dronlarini yig‘ishga majburlanmoqda. Bu haqda “Protocol” nashri va RZVRT YouTube kanalining qo‘shma tekshiruvida aytiladi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Alabuga politexnika universitetining 1000 ga yaqin talabasidan bir necha yuz nafari Eron kamikadze-dronlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Manbalarda aytilishicha, gap maktabning 9-sinfidan keyin kollejga o‘qishga kirgan 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, o‘smirlar bu ishdan bosh tortgan taqdirda jarima va haydash bilan tahdid qilingan. Tekshiruv mualliflariga ko‘ra, barcha mumkin bo‘lgan kuchlar dronlarni yig‘ish loyihasiga yo‘naltirilmoqda va buning uchun boshqa loyihalar to‘xtatilyapti.

“Dronlarni yig‘ish uchun talabalar oyiga 30-40 ming rubl oladi va ko‘pincha ular dam olish hamda ovqatlanish uchun tanaffuslarsiz ishlashlari kerak”, deb yozgan “Protocol”.

Bundan tashqari, talabalar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qila olmaydi, bu o‘quv shartnomasida ko‘rsatilgan.

“Talabalar qoidabuzarligi uchun kollejga 1,5-2 million rubl miqdorida jarima to‘lashi mumkin”, deb yozgan surishtiruv mualliflari.

Keltirilishicha, kollejda kuzatuv kameralaridan tashqari telefon suhbatlarini tinglash tizimlari ham o‘rnatilgan.

"Hamma qo‘rqadi. Buni umuman aytmasligim kerak. Rahbariyat bizni bu borada juda qo‘rqitmoqda", deydi o‘quvchilardan biri.

Bundan tashqari, o‘quvchining ota-onasi kollejga kirayotganda o‘g‘li yoki qizi o‘qishdan chiqarib yuborilsa, 420 ming rublgacha pul to‘lash majburiyatini olgan hujjatga imzo chekadi.

Alabuga politexnika kolleji 2021 yilda “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida tashkil etilgan. Uning bosh direktori – Tatariston Davlat kengashi deputati Timur Shagivaleev.


Maqola muallifi

Teglar

Tatariston Shahed

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made