Tasodifmi yo... Prezident oddiy pensionerlarning xonadonida mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 yanvar kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgach, Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rgan.

“Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turardi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi.

Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.

Prezident xalq mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta’kidladi.

Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko‘p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

1120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing