“Tashkent city”dagi “Nest One” majmuasida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

0:00
0:00
download

Bugun, 10 mart kuni poytaxt Toshkentdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan “Nest One” turar joy kompleksida yong‘in kelib chiqdi.

Hodisa bugun soat 10:02 da Olmazor ko‘chasi 1/A-uyda joylashgan  “Nest One” turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha u yerdagi 2 kv.m maydonda penoplast yongan.  

Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joiyga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni baratraf etganlar.

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Qurilish maydonida ishlayotgan ishchilardan birining QALAMPIR.UZ muxbiriga ma’lum qilishicha, yong‘in 30 soniyada o‘chirilgan. Hodisa natijasida jiddiy yo‘qotishlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 12 dekabr kuni “Tashkent city”da qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlanadigan omborda yong‘in yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Tashkent city

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing