Tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashish osonlashadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, bojxona nazorati ostida avtomobil yo‘llarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish hamda chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida va interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartiblari tasdiqlandi.
 
Shunga ko‘ra, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bojxona hamrohligida, maxsus jihozlangan  avtomobillar yordamida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jo‘natuvchi hamda manzil bojxona postlarida, shuningdek, qabul qilish-topshirish punktlarida ustuvor tartibda amalga oshiriladi. 

Bojxona hamrohligida kuzatuvni amalga oshirishda tashuvchi, yuk jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchining sarf-xarajatlari bojxona organlari tomonidan qoplab berilmaydi. 

Bojxona hamrohligida kuzatib borilayotgan transport vositalari ichki ishlar organlarining blok-postlarida to‘xtatilishi hamda tovarlarni ko‘rish uchun avtomobilning yuk bo‘lmasi ochilishi taqiqlanadi.
 
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlarini ta’minlash vakolatli shaxslar tomonidan elektron shaklda, onlayn taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing