Tashiyevning ukasi tergov izolyatoriga yuborildi (video)

Olam

image

Avvalroq, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi, sobiq deputat Shoirbek Tashiyev “Qirg‘izneftegaz”dagi korrupsiya holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingani xabar qilingandi. Mazkur ish yuzasidan Bishkekdagi Birinchi may tumani sudi Shoirbek Tashiyevga nisbatan hibs chorasini belgiladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, u joriy yilning 16 may kunigacha birinchi raqamli tergov izolyatorida saqlanadi. Tashiyevning advokati Jirgal Babayevning ma’lum qilishicha, Tashiyev aybini tan olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblov yetarlicha asoslanmagan, shuning uchun himoya sud qaroriga apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Babayev Tashiyev tergov oldi so‘rovlarda guvohlik bergan va barcha savollarga javob qaytarganini, hozircha saqlash sharoitlariga oid shikoyatlar yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputati Shoirbek Tashiyev Ichki ishlar vazirligi tomonidan so‘roqqa chaqirilgandi. Biroq uning aynan qaysi jinoiy ish doirasida so‘roq qilingani aytilmagan.

Shundan so‘ng u yana so‘roqqa chaqirilgandi. Bu safar u guvoh sifatida chaqirilgan va qaysi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilgani ma’lum qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sud tergov izolyatori Shoirbek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing