Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. 

TIV Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i lavozimiga Aziz Nosirov nomzodi tasdiqlangan.

Bugun, 12 fevral kuni  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda vazir Abdulaziz Komilov Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining yangi boshlig‘i Aziz Nosirovni tanishtirgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Aziz Nosirov  ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

TIV Aziz Nosirov

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing