“Tashakkur barodar!” Xitoy Tojikistonga konferensiya zali qurib bermoqchi

Olam

image

Xitoy Tojikiston hukumati majmuasida konferensiya zali qurilishi uchun 2 million dollar beradi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 21 avgust kuni Tojikiston yuqori palatasi raisi Rustam Imomalining Xitoyga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar imzolangan.

Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda va Xitoy Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi raisi o‘rinbosari Den Bo Sin Tojikiston hukumati majmuasida konferensiya zali qurilishi uchun 2 million dollar ajratish bo‘yicha almashuv xati imzolagan.

Shuningdek, quyidagilar bo‘yicha ham qo‘shma hujjatlar imzolangan:

• Dushanbe shahrining “Aqlli shahar” loyihasining oldingi texnik tadqiqotlari haqida;

• Poytaxtda avtomobil yo‘llari va 4 ta yangi yo‘l o‘tkazgichlarni qurish va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida;

• Tojikiston va Xitoyning “Qulma-Qorasu” chegara o‘tish joyini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;

• Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Shug‘non tumani Varshnor qishlog‘idan “Qulma-Qorasuv” chegara bojxona postigacha bo‘lgan yo‘l qismini rekonstruksiya qilish va qurish.

Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasining Xitoydagi elchisi Zohir Saidzoda va Xitoy Savdo vaziri o‘rinbosari Lin Szi Dushanbega yordam sifatida bepul taqdim etilgan shahar qurilish transporti texnikasini topshirish to‘g‘risidagi aktni taqdim etgan.

Rustam Imomali va Pekin raisi In Yun Dushanbe va Pekin ma’muriyati o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik memorandumini imzolagan.

Ma’lumot uchun, Rustam Imomali Tojikistonning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li. U 1987 yil 19 dekabr kuni Dang‘arada tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Xitoy konferentsiya zali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing