“Tashabbusli byudjet”ga ovoz yig‘ayotgan fuqaroni nega IIB xodimlari olib ketdi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada “Tashabbusli byudjet”ga ovoz yig‘ayotgan fuqaroni ichki ishlar xodimlari olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB holatga izoh berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 18 mart kuni fuqaro Sh.Q. tanishlari bilan O‘zbekiston tumani Yaypan bozori oldida, yo‘lning qatnov qismida avtomashinalarga xalaqit berib, odamlarni atrofiga to‘plab, “Tashabbusli byudjet”ga ovoz yig‘ayotgan paytda shu yerdagi fuqaroning telefoni yerga tushib ketgani uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. 

Shu sababli IIO xodimlari u yerga yetib borgan. Xodimlar kelishmovchilikni bartaraf qilib, fuqaro Sh.Q.ga yo‘l chetida turib, faoliyatini davom ettirishini tushuntirganda, u xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan. Sud fuqaro Sh.Q.ga nisbatan bazaviy hisoblashning to‘rt baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 aprelidan boshlab “Tashabbusli byudjet”da tasdiqlangan loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina qabul qilinishi hamda foydalanishga topshirilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB Tashabbusli byudjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing