Tasanno! Qoraqalpog‘istonda IT tanlovi g‘olibiga pilot berildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida bo‘lib o‘tgan IT tanlovi g‘oliblaridan biriga noutbuk sumkasi, biriga klaviatura, boshqasiga esa pilot sovg‘a qilindi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chimboy tumanida yoshlar oyligi doirasida 15-25 yoshli ishtirokchilar orasida “IT bilimdoni” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilgan. Unda 60 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan.

Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rin Maqsim Jumabayevga, ikkinchi o‘rin Miyribek Aytmuratovga, uchinchi o‘rin Damir Askerbayevga va to‘rtinchi o‘rin Azamat Qalmuratovga nasib qilgan. 

Ushbu tanlovni Yoshlar ishlari agentligi va IT-Park tashkil qilgan. Chimboy tumani hokimligining rasmiy xabariga ilova qilingan suratda tanlov g‘oliblariga pilot, klaviatura va noutbuk sumkasi berilganini ko‘rish mumkin. Ahamiyatlisi boshqa bir suratda pilot olgan bolaning qo‘li bo‘sh, balki u shu sovg‘adan ham ayrilgandir.

Qayd etish kerak, bu kabi holat O‘zbekiston uchun begona emas. Xususan, avvalroq, “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olgan Samarqand viloyati Nurobod tumani 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattorovga ham yangi noutbuk o‘rniga ishlatilgani berilgani yodingizda bo‘lsa kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston IT-Park

Baholaganlar

435

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing