Ana xolos! Samarqandda IT-tanlov g‘olibi bo‘lgan o‘quvchiga eski noutbuk berilgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olgan Samarqand viloyati Nurobod tumani 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattorovning videomurojaati e’lon qilindi. O‘qiuvchi unda birinchi o‘rinni olishiga qaramay unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan, eski noutbuk sovg‘a qilinganini aytgan.

Nurobod tumani hokimligi Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur tanlovning tuman bosqichida Sardor Sattorov faxrli birinchi o‘rinni olib, tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda Realme C11 rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan.

Shu o‘rinda Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan  e’lon qilingan, “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichi g‘oliblari ro‘yxatida o‘quvchi Sardor Sattorovning ism-familiyasi yo‘q.

Viloyat va Nurobod tumani hokimliklari holat bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, dastlabki o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

tanlov

Baholaganlar

220

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing