“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi
Jamiyat
−
08 avgust 545 2 daqiqa
Bugun, 8 avgust kuni “Humo Arena” majmuasida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqad Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etgan. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratgan.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 10 ta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topilgan.
.jpg)
Qayd etilishicha, Sherzod Asadov tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirgan.

Prezident tabrigida tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etilgan. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida yoshlarning “Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” sifatida bilim va kasb egallashlari, tadbirkorlik tashabbuslari va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga zarur sharoitlar yaratilganligiga urg‘u qaratish belgilangandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust