Tarixda ilk bor JCH matbuot anjumani uchun biletlar sotiladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tarixda ilk bor Jahon chempionati finalidan oldin o‘tkaziladigan matbuot anjumaniga chiptalarni sotuvga chiqaradi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, chiptalar kattalar uchun 80 dollar, bolalar uchun esa 35 dollar etib belgilangan. Tadbirda bosh murabbiylar va jamoa sardorlaridan tashqari, FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etishi kutilmoqda. Shu vaqtgacha bunday matbuot anjumanlari faqat akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar uchun ochiq edi.

Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv joriy yilning 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadigan Nyu-Yorkdagi stadion maysasining bir qismini sotuvga chiqarishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing