Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik sumochi Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik sportchi Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha 25-jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi.

Abdujabborova o‘z toifasida Estoniya, Polsha va Ukrainadan kelgan raqiblari bilan o‘tkazilgan janglarda ikkita g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Abdujabborovadan tashqari O‘zbekiston sharafini Abduqodir Usmonov (80 kilogrammgacha), Mahmudjon Maksudov (115 kilogrammgacha) va Faridaxon To‘lashova (73 kilogrammgacha) himoya qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Polshaning Krotoshin shahrida 7−8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Durdona Abdujabborova sumo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing