Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik ayol kurashchi Olimpiada litsenziati bo‘ldi
Sport
−
20 aprel 2024
6603Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aktenge Keunimjayeva shu yili Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aktenge Qirg‘izistonda o‘tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida -50 kg vazn toifasida final bosqichiga yetib borib, Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Shunday qilib, Keunimjayeva tarixda birinchi bor ayollar kurashi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada yo‘llanmalari soni 30 taga yetdi.
LiveBarchasi