Tarixda ilk bor suv birja sotuviga qo‘yildi

Olam

image

Uoll-stritdagi (Nyu-York) Amerika fond birjasi birinchi marta suv bilan savdo qilishni boshladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, suv fyucherslari bilan savdo qilish rejasi shu yilning sentyabr oyida ma’lum bo‘lgan. O‘shanda Qo‘shma Shtatlarning G‘arbiy qirg‘og‘i o‘rmon yong‘inlari va issiqdan sezilarli darajada aziyat chekayotgan edi. Ushbu shartnomalar, o‘z navbatida, yirik suv iste’molchilarini, shu jumladan, fermerlarni himoya qilishga qaratilgan.

"Bloomberg" xabariga ko‘ra, fyucherslar 2018 yilda ish boshlagan Nasdaq Veles California Water Index bilan bog‘liq. Ushbu indeks suvning o‘rtacha tortilgan narxini belgilaydi.

RBC Capital Markets boshqaruvchi direktori va tahlilchisi Din Dreyning fikricha, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik va aholi sonining ko‘payishi suv tanqisligi va suv narxlarini kelgusi yillar davomida dolzarb mavzuga aylantirishi mumkin.

CME aksiyalar indeksatsiyasi va muqobil investitsiya mahsulotlari rahbari Tim Makkur hozirgi kunda ikki milliard odam suv bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan mamlakatlarda yashayotganini va to‘rt yil ichida dunyoning deyarli uchdan ikki qismi ushbu resursning yetishmasligiga duch kelishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

suv birja

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing