Tarixda ilk bor AQSH yetakchisi Markaziy Osiyoga kelishi mumkin
Olam
−
30 Sentabr 2023 12607 1 daqiqa
AQSHning Qozog‘istondagi elchisi tarixda birinchi marta AQSH Prezidenti Markaziy Osiyoga tashrif buyurishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Aikyn” nashri xabar berdi.
AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Deniyel Rozenblyum OAV vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida AQSH Prezidenti Jo Baydenning Markaziy Osiyoga kelishi ehtimoli haqidagi savollarga javob berdi. AQSH elchisi hozircha aniq bayonot bera olmasligini aytgan.
“Bu Oq uyning rejasida borligini aytmoqchiman. Qozog‘iston va Markaziy Osiyoga AQSH oliy hokimiyatida katta qiziqish uyg‘ongan. Shuning uchun ayni vaziyatda Prezident tashrifining ehtimoli katta”, deya javob bergan elchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari qatnashgandi. Tadbir so‘nggida AQSH Prezidenti Jo Bayden Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga kelishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Akobir Sayidov
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr