Tanzila Norboyeva koronavirusga test topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test topshirdi.

Tanzila Norboyevadan tashqari senatorlar, shuningdek, Senat devoni xodimlari ham test topshirgan. Senatda koronavirus aniqlanmagan.

Qayd etish kerakki, butun dunyoga tarqalgan koronavirus infeksiyasi ko‘plab davlatlarda vazirlar, deputatlar, parlament rahbarlariga ham yuqdi. Eronda koronavirusdan amaldorlar halok bo‘ldi. Hatto Eron parlamenti raisida koronavirus aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 241 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing