Tanzila Norboyeva AQSH davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
10 yanvar 2021
8074O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining yordamchisi, Davlat departamentining Xotin-qizlar global masalalari bo‘yicha idorasi rahbari, maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Kelli Kyurri bilan uchrashdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida ularning rolini oshirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida keng qamrovli axborot taqdim etilgan. AQSH tomoni Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumot oldi, shuningdek mazkur yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirilgan.
AQSH Davlat kotibining yordamchisi xotin-qizlar huquqlari va manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalarida O‘zbekiston-Amerika munosabatlarini rivojlantirgani uchun Oliy Majlis Senatiga o‘z minnatdorligini bildirgan.
Kelli Kyurrining fikricha, nafaqat erkaklar, balki, asosan, aholining zaif qatlamlarini tashkil etuvchi ayollar ham jabr ko‘rgan majburiy mehnatni yo‘q qilishda O‘zbekiston Hkumati erishgan ulkan yutuqlar alohida e’tiborga loyiq.
Bundan tashqari, u “Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari muloqot” norasmiy platforma yaratilgani bilan qutlagan va Afg‘onistonning ushbu formatga jalb etilganini mamnuniyat bilan tilga olgan.
LiveBarchasi