Toshkentda koronavirusga gumonlanganlarni Taqsimlash markazi ish boshladi

Jamiyat

image

Kecha, 23 iyul kuni Toshkentda COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashhis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatishga xizmat qiluvchi Taqsimlash markazi ish boshladi.

Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Bu yerga shaharning turli hududlaridan COVID-19ga gumonlangan fuqarolar olib kelinadi.

Markazda infeksionist, virusolog va boshqa qator tor mutaxassislar jamlangan hamda test va tahlillarni o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratilgan.

Bemorlar uchun shifoxonalardagi kabi sharoitlar yaratilgan, zarur barcha tibbiyot jihozlari va uskunalari ta’minoti yetarli darajada yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yerga olib kelingan fuqarolar to‘liq tahlildan o‘tkazilganidan so‘ng, kasallik darajasi va salomatligining holatiga ko‘ra, shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni ma’qul deb bilganlar esa uyida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuboriladi.

Ushbu Taqsimlash markazining ishga tushirilishi COVID-19 ni tashxislash va ushbu virusni yuqtirganlarni tibbiyot muassasalariga taqsimlash hamda samarali davolashda muhim vazifani bajaradi.

Ma’lumot uchun, Taqsimlash markazi “O‘zekspomarkaz” pavilonida tashkil etilgan. U yerda 500 ta o‘rin tayyorlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing