Taniqli shaxslarning dorilar reklamasida chiqishi taqiqlanadi
Jamiyat
−
08 iyun 2022
6560O‘zbekistonda dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda keltirilgan.
Qonunga muvofiq, telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining 1 soati davomida 20 foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining 15 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari, qonun bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilishga ruxsat berildi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr