Taniqli rus bokschisi soliqlardan qarzdor bo‘lib chiqdi

Sport

image

Boks bo‘yicha yarim og‘ir vaznda (79,4 kg gacha) sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev soliq to‘lamagani uchun qarzdor bo‘lib qoldi. Bu “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, rossiyalik bokschi Federal soliq xizmatidan 21,2 ming rubl qarzdor. Shuningdek, Beterbiyevning Rossiya Federatsiyasi hududida biznesi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Artur Beterbiyev 40 yoshda. Bokschi 2014 yilda professional debyut qilgan. Hammasi bo‘lib 21 ta g‘alaba (20 tasi nokaut bilan) va bitta mag‘lubiyat qayd etgan. Fevral oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Beterbiyev hakamlar qarori bilan hamyurti Dmitriy Bivolga yutqazib qo‘ygandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Beterbiyev va Bivol o‘rtasidagi uchinchi jang Moskva shahrida o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Artur Beterbiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing