Talaxadze o‘ziga tegishli rekordlarni yangiladi. Og‘ir atletika bo‘yicha JCH yakunlandi 

Sport

image

Kecha, 17 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining eng so‘nggi ishtirokchilari (+109 kg) supachaga chiqdi va unda kutilgan vaziyat yuz berdi.

2 karra Olimpiada va 5 karra Jahon chempioni gruziyalik Lasha Talaxadze barcha raqiblarini ortda qoldirib, 5-marta JCH g‘olibligini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda o‘ziga tegishli bo‘lgan dunyo rekordlarini ham yangiladi.

Dast ko‘tarish mashqida Lasha 225 kg avvalgi rekrod (223 kg) toshni o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarish bahslarida 267 kg (265) natija qayd etib, ikkikurashda ham jahon rekordini yangilab qo‘ydi.

Uning eng yaqin ta’qibchisi armanistonlik Varazdat Lalayan ikki kurashda 35 kg ortda qolib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza medal esa boshqa bir armanistonlik sportchi Gor  Minosyanga nasib qildi. 

Erkaklar. +109 kg.

Lasha Talaxadze (Gruziya) - 492 kg (225+267 kg);
Varazdat Lalayan (Armaniston) - 457 kg (211+246 kg)
Gor Minosyan (Armaniston) - 448 kg (205+243 kg).

Shu tariqa, 10 kun davom etgan musobaqada Janubiy Koreya terma jamoasi 9 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medal evaziga birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston vakillari 6 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Tailand sportchilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi (6-4-2). 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati IWF Og'ir atletika Lasha Talaxadze

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing