Talabani o‘qishga tiklash uchun $700 so‘ragan sobiq dekan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda talabalikdan chetlashtirilgan qizni o‘qishga qayta tiklash evaziga 700 AQSH dollari talab qilgan texnikumning sobiq dekani ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1972 yilda tug‘ilgan, mazkur texnikumda dekan lavozimida ishlagan shaxs ushlangan.

U Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli texnikumning farmatsevtika yo‘nalishi 3-bosqichidan chetlashtirilgan talabani o‘qishga qayta tiklash va o‘qishini davom ettirishga yordam berishini va’da qilib, buning evaziga 700 AQSH dollari talab qilgan.

Sobiq dekan kelishilgan pulni ta’lim muassasasi hududida olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosa tayyorlab berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing