Ijobiy sanitariya xulosasi evaziga tadbirkordan pora olgan “SES” boshlig‘i ushlandi
3-sahifa
−
30 iyul 3978 1 daqiqa
Samarqand viloyatida tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosa tayyorlab berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 million so‘m talab qilgan.
Avvalroq 100 AQSH dollari va 500 ming so‘m olgan mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX, Bosh prokuraturaning IJQKD va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida korrupsiya bilan bog‘liq bir qator holatlar aniqlangan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust