Talabalardan forma talab qilinishiga qarshiman – Toshqulov 

Jamiyat

image

Oliy ta’lim tizimida talabalardan forma talab qilish noto‘g‘ri. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent Besh tashabbus harakati doirasida yoshlar va OAV vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot vaqtida aytib o‘tdi.

“Men bu borada liberalman. Vazir sifatida talabalardan forma talab qilinishiga qarshiman. Termiz davlat universitetida ishlaganimda ham Respublikada birinchilardan bo‘lib ikkita ishni qilganman. Birinchisi – besh  kunlik o‘qishga o‘tish bo‘lsa, ikkinchisi kiyimga (universitet formasi — tahr.) bo‘lgan talabni bekor qilish edi. Bunda talabalar odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda kiyinsa bo‘ldi edi. Ishonsangiz, bu o‘quvchilarni ijobiy tarafga o‘zgartirgan edi”, degan Toshqulov. 

Shuningdek, Toshqulov talabalardan forma talab qiladigan ayrim o‘qituvchilar haqida gapirgan.

“Shunday o‘qituvchilar borki, ilm talab qilishni o‘rniga galstuk talab qiladi. Aslida, bu talab emas”, degan u. 

Toshqulov so‘zi yakunida Oliy ta’lim tizimida hozir forma talab qilinmayotgani haqida ta’kidlagan.

Avvalroq, Toshqulov O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi hamma muammo magistratura bosqichiga borib taqalishi haqida gapirgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

OTM forma Toshqulov

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing