Serbiyada talabalar Prezident iste’fosini talab qildi
Olam
−
29 iyun 10782 1 daqiqa
Serbiyaning Belgrad shahrida joylashgan markaziy Slaviya maydonida talabalar muxolifat mitingini o‘tkazib, Prezident Aleksandr Vuchichning iste’fosini va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qildi. Bu haqda RTS xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, miting 2024 yilning 1 noyabr kuni Novi-Sad vokzalida beton soyabon qulab, 16 kishi halok bo‘lgan fojia ortidan boshlangan noroziliklar bilan bog‘liq.
Miting 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlangan va 19:11 dan 19:27 gacha halok bo‘lganlar xotirasiga 16 daqiqa sukut saqlangan. “Reuters” agentligining xabariga ko‘ra, mitingga o‘n minglab talabalar va korrupsiyaga qarshi chiqayotgan fuqarolar yig‘ilgan. Ishtirokchilardan biri Nikola Marchetich so‘zga chiqib, bu miting xalq manfaatiga xizmat qilmaydigan rejimga qarshi kurash ekanini ta’kidlagan.
Serbiya Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Slaviya maydoniga 36 mingga yaqin odam yig‘ilgan.
Qayd etish joiz, 21 iyun kuni Prezident Vuchich Serbiyada yoshlar mamlakatni tark etishi tarixdagi eng yuqori darajaga chiqqanini aytgan. Bu ko‘chishlar Yevropa davlatlariga, xususan Sloveniya, Xorvatiya, Avstriya va Vengriyaga yo‘naltirilgan. Bu holat Novi-Saddagi fojia ortidan boshlangan noroziliklar fonida sodir bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya parlamentida muxolifat deputatlari pirotexnika vositalaridan foydalangan holda mushtlashgandi. Janjal sessiya boshlanganidan taxminan bir soat o‘tib yuzaga kelgan.
Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr