O‘qishni nodavlatdan OTMdan davlat oliygohiga qanday tekin ko‘chirish mumkin?
Jamiyat
−
04 iyul
10236O‘qishni nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohiga ko‘chirib o‘tkazishda talaba o‘qigan fanlar va ko‘chirayotgan yo‘nalishidagi fanlar orasidagi farq 4 dan ortiq bo‘lmasa, talaba hech qanday to‘lovsiz, imtihon asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish” to‘g‘risidagi qarorda so‘z boradi.
Hujjatda qayd etilishicha, o‘qishni ko‘chirishda talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Agar talaba o‘qigan fanlar davlat oliy ta’lim muassasasining ta’lim yo‘nalishlariga mos va turdosh bo‘lmasa, talaba o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.