Taksilarga yo‘lovchi tashishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori taksilarga ham taalluqli bo‘ldi. Ularga ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berildi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30 apreldan e’tiboran fuqarolarga soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilgandi.

Bu yengillik ish joyiga borib kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun berildi.

Bugungi kunda taksi kompaniyalari yetkazib berish xizmatlaridan tashqari yo‘lovchilar tashishni ham boshladi.

"Barcha fuqarolarga yo‘lovchilar bilan avtomobilda harakatlanish ruxsat berilgani sababli, "Mini", "Ekonom", "Komfort" va "Biznes" tarif rejalari ishi tiklanganligi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz. Endi siz MyTaxi xizmatlaridan kuning ma’lum qismida, aniqrog‘i soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishingiz mumkin", deya xabar bergan MyTaxi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

499

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing