Taksilarga qo‘yiladigan talablardan biri bekor qilinishi mumkin
Jamiyat
−
02 noyabr 2019
9897Yuridik shaxs sifatida yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatishni istovchilarga litsenziya berish talabini soddalashtirish uchun taksi avtomobillarini bir rangda bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda matbuot anjumanida Toshkent shahar transport boshqarmasi vakili ma’lum qildi.
Bundan asosiy maqsad noqonuniy tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilarni to‘liq qamrab olish. Shu maqsadda Transport vazirligi tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatiga o‘rnatilgan talablarni soddalashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda o‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida.
Ushbu qaror loyihasiga asosan, yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini natorial tasdiqlanishi o‘rniga davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda.
LiveBarchasi