Taxtlar o‘yini: Iordaniya qiroli davlatdagi to‘ntarish haqida barchasini oshkor qildi
Olam
−
08 aprel 2021
6487Iordaniya Qiroli Abdulla II birinchi marta davlat to‘ntarishiga urinish haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning ukasi shahzoda Hamza uy qamog‘ida saqlanmoqda. Qirolning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizlik tugagan, ammo tergov davom etyapti.
“Mening aka-uka, opa-singillarim, Iordaniyaning bitta oilasi farzandlari, men bugun sizga – mutlaq ishonch ob’ekti va qat’iylik manbasi bo‘lgan oila va urug‘ga yuzlanib, isyon bostirilganini aytib o‘tmoqchiman”, deydi Abdulla II fuqarolarga murojaatida.
Qirolning so‘zlariga ko‘ra, u Hoshimiylar oilasidagi shahzoda Hamza muammosini hal qilishga qaror qilgan va buni o‘z amakisi shahzoda Hasan bin Talolga topshirgan.
Shundan so‘ng shahzoda Hamza o‘z oilasiga otalar va bobolar yo‘lidan borishga, ularning xabarlariga sodiq qolish va Iordaniya manfaatlari, uning Konstitutsiyasi va qonunlarini boshqa fikrlardan ustun qo‘yishga va’da bergan. Shu bilan birga, Abdulla II voqealarning boshqa ishtirokchilariga nisbatan tergov hali yakunlanmaganini aytdi.
Qirol ushbu inqiroz Iordaniya uchun eng qiyin emas, balki shaxsan o‘zi uchun og‘riqli ekanini ta’kidladi.
“Men Hoshimiylar oilasining birodari, homiysi hamda bu aziz xalqning etakchisi sifatida shok, og‘riq va g‘azabni boshdan kechirdim”, deydi u.
Shuningdek, qirol Iordaniya iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini tan oldi va u xalq oldida turgan muammolarni tushunishini aytdi.
Avvalroq Iordaniyada podshohni ag‘darishda gumonlangan 20 kishi hibsga olingan edi. Ular orasida hukmron sulola a’zosi Sharif Hasan bin Zoid, podshohning sobiq maslahatchisi, Moliya vaziri Bassem Avadallu ham bo‘lgan.
Shahzoda Hamza uni uy qamog‘iga olingani hamda telefon va interdan mahrum qilinganini aytgan. Shuningdek, u hech qanday “chet el fitnasi”ga aloqador emasligini aytib, rasmiylarning ishini tanqid qilgandi.
Ma’lum vaqt oralig‘ida Iordaniya ommaviy axborot vositalarida qirollik janjalini yoritish taqiqlandi.
Malumot o‘rnida, 40 yoshli Hamza bin Husayn marhum podshoh Husayn ibn Talalning o‘g‘li va amaldagi monarx Abdulloh II ning o‘gay ukasi hisoblanadi. U 2004 yilda valiahd shahzoda unvonidan mahrum qilingan. Hozir 26 yoshli Husayn ibn Abdulloh valiahd shahzoda hisoblanadi.
LiveBarchasi