“Taxtaqoracha” dovonida harakat tiklandi
Jamiyat
−
05 yanvar 2020 7716 1 daqiqa
Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30 da “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonida avtotransport harakati qayta tiklandi. Bu haqda Avtomobil yo‘lllari qo‘mitasi xabar berdi.
“Taxtaqoracha” (Kitob) dovoni M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi qismi hisoblanadi.
“Taxtaqoracha” (Kitob) dovonida kecha, 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr