“Taxtaqoracha” dovoni tinimsiz qor sabab yopildi
Jamiyat
−
26 dekabr 2021
6881Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli bugun, 26 dekabr kuni avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, soat 11:00 dan Qashqadaryoning Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
Xabarda tinimsiz yog‘gan qor oqibatida hosil bo‘lgan muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib, zaruriy choralar ko‘rilayotgani aytilgan.