Taxt uchun kurash. Shahzoda Salmon o‘z jiyanini hibsga tashladi
Olam
−
12 mart 2020
10546Saudiya Arabistonining Qirollik maslahat kengashi a’zosi Muhammad bin Saad as-Saud valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga qarshi harakat qilishda ayblanib, hibsga olindi. Shahzodani hibsga olish buyrug‘i shaxsan Muhammad bin Salmon tomonidan berilgan.
Hibsga olingan Muhammad bin Saad as-Saudning vazifasi Saudiya Arabistonida taxtga o‘tirishi kerak bo‘lgan valiahdni aniqlash edi. Hibsga olish haqida Ar-Riyod rasmiy bayonot bergani yo‘q.
Avvalroq, qirolning ukasi Ahmad bin Abdulaziz va sobiq valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Ularga davlatga xiyonat ayblovi qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni davlat boshqaruv shakli mutlaq monarxiya hisoblanadi. Mamlakatda boshqa monarxiyalardan farqli ravishda qirollik oilasining eng katta vakili taxt vorisi hisoblanadi. Ya’ni Saudiyada podshoh farzandi bo‘lishingiz sizni mamlakatning keyingi taxt egasi bo‘lishngizni kafolatlamaydi.
1953 yildan to hozirgacha 1902 - 1953 yillarda Qirollikni boshqargan Abdulaziz bin Saudning farzandlari mamlakat taxtini birin-ketin egallab kelmoqdalar. Hozirgacha otasidan so‘ng, aka-ukalar, Saud bin Abdulaziz (1953-1964), Faysal bin Abdulaziz (1964-1975), Holid bin Abdulaziz (1975-1982), Fahad bin Abdulaziz (1982-2005), Abdulloh bin Abdulaziz (2005-2015) va Salmon bin Abdulaziz (2015 yildan hozirgacha) taxtga egalik qilib kelmoqda. Yuqoridagi podshohlarning farzandlaridan xech biriga hozirgacha otasidan keyin taxtni egallash nasib qilmagan.
34 yoshli Muhammad bin Salmon esa o‘ziga yoqmagan bu an’anaga chek qo‘yish niyatida. U otasidan so‘ng taxtni egallash uchun o‘z amakisi, amaldagi qirolning ukasi Ahmad bin Abdulazizni hibsga tashladi. U shu yo‘l bilan amakisini taxtga bo‘lgan da’vosidan voz kechtirmoqchi. Buning uchun qirolning hibsdagi ukasi taxtdan voz kechgani haqida rasmiy bayonot berishi kerak.
LiveBarchasi