Tahmina Ikromova O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi rekordini yangiladi

Sport

image

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tahmina Ikromova mamlakat delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Uning ma’lum qilishicha, yakkalikning ko‘pkurash dasturida ishtirok etgan Ikromova 131,3 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, mazkur medal O‘zbekiston delegatsiyasining Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlaridagi 22-oltin medal hisoblanadi. Hozirgacha eng ko‘p oltin medal 2018 yilgi Jakartadagi Osiyo O‘yinlarida qayd etilgan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik sportchilar 21 ta oltinga ega chiqqan. Biroq doping sababli keyinchalik bitta oltin bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 oktyabr kuni Tahmina Ikromova, Vilana Savadyan hamda Evelina Atalyansdan iborat uchlik 324,8 ball jamg‘argan holda o‘yinlarning badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Badiiy gimnastika Taxmina Ikromova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing