Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun yangi talablar qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan avtotransport vositalarida harakatlanishga o‘rnatilgan cheklovlar tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan, yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:

•    yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak; 

•    haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim; 

•    faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak; 

•    faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda. 

Karantin talablariga zid ravishda ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib yurish, shuningdek, niqobsiz yurish holatlari belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing