“Taqachilar” “Yuventus”ning ikki vingerini sotib olmoqchi

Sport

image

“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa yarim himoya chizig‘ini “Yuventus” futbolchilari Deyan Kulusevski va Ueston Makkenni bilan kuchaytirmoqchi. Italiya klubi har bir futbolchini 35 million yevroga baholagan va takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor emas. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli Kulusevski 2020 yilning yanvar oyida 35 million yevro evaziga “Atalanta”dan “Yuventus”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda shvetsiyalik vinger barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushgan va 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

23 yoshli Makkenni esa Turin klubiga 2021 yilning yozida 20,5 million yevro evaziga “Shalke”dan kelib qo‘shilgan. Amerikalik futbolchi mavsumning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, ikkita gol urgan. Makkenining shartnomasi 2025 yilda tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchining “zebralar” bilan shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasi 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Tottenxem” o‘z maydonida “Kristal Pelas” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija bilan qo‘shib hisoblaganda “taqachilar” ketma-ket 15 mavsumdan buyon “Boxing day” o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmadi (12 g‘alaba va 3 durang). Bu APL uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL A Seriya Makkenni

Baholaganlar

8

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing