Italiya A Seriyasining eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image
“Inter” bosh murabbiyi, ruminiyalik Krishtian Kivu Italiya A Seriyasi 2025-2026 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda turnir tashkilotining matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdirlash marosimi bugun, 23 may kuni A Seriyaning so‘nggi turidan o‘rin olgan “Bolonya” – “Inter” uchrashuvi boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tadi.

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni sovrini “Roma” posboni Mile Svilarga nasib etdi. Shuningdek, “Kalyari” futbolchisi Marko Palestra – eng yaxshi himoyachi, “Komo” yarim himoyachisi Niko Pas – eng yaxshi yarim himoyachi, “Inter” sardori Lautaro Martines esa – eng yaxshi hujumchi deb topildi. “Yorqin yulduz” mukofoti “Yuventus”ning turkiyalik yarim himoyachisi Kenan Yildizga topshirildi.

45 yoshli Krishtian Kivu 2018 yildan 2024 yilga qadar “Inter” tizimida faoliyat yuritgan. 2025 yil fevralida u mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlab, “Parma” klubini boshqardi va jamoani V Seriyaga tushib ketishdan saqlab qoldi. O‘sha yilning yozida ruminiyalik mutaxassis “Inter”ni qabul qilib oldi va debyut mavsumida Italiya chempionati hamda Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Kivu futbolchilik faoliyati davomida 2007 yildan 2014 yilgacha “Inter” sharafini himoya qilgan. u “Neradzurri” safida uch marta Italiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.

Maqola muallifi

Teglar

A Seriya “Inter” Krishtian Kivu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing