Messi uchun 500 mln yevro: kutilmagan transfer tafsilotlari ochiqlandi
Sport
−
13:51 1005 1 daqiqa
Italiyaning “Inter” jamoasi sobiq prezidenti Massimo Moratti 2012 yilda Lionel Messini “Barselona”dan sotib olish uchun 500 million yevro sarflashga tayyor bo‘lganini ma’lum qildi.
Morattining so‘zlariga ko‘ra, bu summa o‘sha paytdagi futbol bozori mezonlari bo‘yicha ham juda katta edi. Shunga qaramay, u muzokaralarni boshlash uchun “Inter” vitse-prezidentini Barselonaga yuborgan.
Biroq kelishuv amalga oshmagan. Morattining aytishicha, Messi moliyaviy shartlarni muhokama qilishga ham kirishmasdan taklifni rad etgan. Argentinalik futbolchining pozitsiyasi aniq bo‘lgan: u “Inter”ning qiziqishini qadrlagan, ammo faoliyatini “Barselona”da yakunlashni istagan.
Messi oxir-oqibat 2021 yilga qadar kataloniyaliklar klubida qoldi. Uning “Barselona”dagi uzoq yillik faoliyati klub yangi shartnoma tuzish imkoniga ega bo‘lmaganidan so‘ng yakunlandi. Shundan keyin futbolchi “Pari Sen-Jermen”ga, keyin esa AQSHga ko‘chib o‘tdi.
Ayni paytda Messi “Inter Mayami” safida to‘p tepmoqda. MLS klubi argentinalik futbolchi bilan shartnomani 2028 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.