Tailandda pirotexnika ombori portlashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

Bugun, 29 iyul kuni Tailandning Narathivat provinsiyasidagi porox omborida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 115 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Thaipbsworld.com” xabar berdi

Qayd etilishicha, holat Sungai Kolok shahrida sodir bo‘lgan. Portlash qurilishi davom etayotgan binoda payvandlash ishlari olib borilgani sababli kelib chiqqan. 

"Sungai Kolokdagi petardalar saqlanadigan ombor bugun tushdan keyin portladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va 115 kishi yaralandi. Hozirda yong‘in nazorat ostida. Dastlabki tergovga ko‘ra, bunga po‘latni payvandlash jarayonidagi texnik xatolik sabab bo‘lgan, chunki, binoda qurilish ishlari ketmoqda”, deyiladi xabarda. 

Tarmoqlarda tarqalayotgan videolardan havoga tutun ko‘tarilayotgani, portlash kuchidan do‘konlar, uylar va transport vositalariga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. 

Xabarlarga ko‘ra, Malayziya chegarasida joylashgan mazkur shaharchadagi 500 ga yaqin uyga portlash oqibatida shikast yetgan. 

“Men uyim ichida telefon o‘ynab o‘tirgandim. Birdan baland va gumburlagan shovqin eshitildi va butun uyim larzaga keldi”, deydi portlash nuqtasidan 100 metr uzoqlikda yashovchi kishi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston poytaxti Yerevandagi savdo markazining pirotexnika omborida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Tailand ombor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing