Armanistondagi portlash ortidan 4 kishiga jinoiy ish ochildi

Olam

image

Armaniston tergov organlari Yerevandagi “Surmalu” savdo markazidagi yuz bergan portlash ishi doirasida to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Armaniston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

“Surmalu savdo markazidagi portlash yuzasidan olib borilgan jinoiy tergov doirasida to‘rt kishi qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ikki nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalari yoki talablarini buzganlikda, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelganlikda ayblanmoqda. Yana ikki kishiga ikki yoki undan ortiq odamni ehtiyotsizlikdan o‘ldirish aybi bilan jinoiy ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Armaniston poytaxti Yerevandagi “Surmalu” savdo markazining pirotexnika omborida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Xarobalar 8000-9000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Portlash qurbonlari soni 16 tani tashkil etgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing