Tailandda dahshatli zilzila. 300 ishchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda (foto)

Olam

image

Tailandning Bangkok shahridagi zilziladan keyin favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. Bu haqdagi qarorni Tailand Bosh vaziri Pxetxongxan Chinavat qabul qildi.

Bosh vazir shoshilinch umummilliy ogohlantirish e’lon qilib, aholini bugungi zilziladan keyin 24 soat ichida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan takroriy silkinishlardan ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirdi.

Zilzila oqibatida qurilayotgan 30 qavatli bino qulab tushgan. OAVga ko‘ra, bu Bosh auditor idorasining binosi bo‘lib, u yerdagi 300 nafar ishchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. “Thai PBS”ning xabariga ko‘ra, kamida bir ishchi halok bo‘lgan, yana 43 kishi bedarak yo‘qolgan. 

Bangkokda zilzila tufayli metro ishlamayapti, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelgan.

Qolaversa, Tailand havo harakatini boshqarish xizmati barcha aeroportlarni yopish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Bangkokning Suvarnabhumi aeroporti ehtiyot chorasi sifatida parvozlarni 20 daqiqaga vaqtincha to‘xtatgan, ammo keyinroq parvozlarni qayta tiklagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 mart kuni Tailand va Myanmada zilzila sodir bo‘ldi. 7,7 magnitudali birinchi silkinish Myanmaning Sikayn shahridan 16 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng 6,9 magnitudali yana bir zilzila qayd etilgan. Tailand shimolida sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 4,2 ni tashkil etgan. Bundan tashqari, silkinishlar Xitoyning ayrim hududlarida ham sezilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Tailand Bangkok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing