Tailand maktabidagi otishma qurbonlari soni 9 nafarga yetdi
Olam
−
20:04 769 1 daqiqa
Tailandda maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar qildi.
Nontaburi viloyatidagi Play Bang politsiya bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 7 avgust kuni sodir bo‘lgan voqea vaqtida jarohatlangan 12 yoshli qiz bugun, 8 avgust kuni vafot etgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, voqea 14 yoshli o‘smirning bobosi va buvisiga o‘q uzganidan so‘ng maktabda yana 5 kishini otib o‘ldirishi bilan davom etgan. Shundan keyin o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.
12 yoshli qiz otishma vaqtida jarohatlangan va bir kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan. Natijada voqea qurbonlari soni 9 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandda 14 yoshli o‘smir maktabda o‘qotar qurol bilan o‘t ochib, o‘qituvchisini otib o‘ldirgani va keyin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq esa Tailand politsiyasi uni maktabga borishidan avval bobosi va buvisini ham o‘ldirganini ma’lum qilgandi. Shu tariqa, hodisa oqibatida jami 8 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Live
Barchasi