Taekvondochi Svetlana Osipova Olimpiada finaliga chiqdi
Sport
−
10 avgust 2024 7430 1 daqiqa
2024 yilgi Parij yozgi Olimpiada o‘yinlari tugashiga oz fursatlar qoldi. Fransiyada o‘tayotgan ushbu sport musobaqalarining taekvondo bahslarida o‘zbekistonlik Svetlana Osipova (+67 kg) yarim finalda koreyalik Li Dabinni 2:0 (3:3, 9:3) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Osipova finalga yo‘l oldi va kamida kumush medalni naqd qildi.
Endi u so‘nggi hal qiluvchi final jangida fransiyalik Alteya Laurin bilan bellashadi. Olimpiadaning oltin medali uchun o‘tadigan mazkur to‘qnashuv, 11 avgust kuni soat 00:37 da start oladi.
Biroz oldin Olimpiada o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025