O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar Jahon chempionatini 1-o‘rinda yakunladi
Sport
−
04 iyun 2024
49641-3 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi qatnashgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Murosasiz bahslar yakunida o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal jamg‘ardi. Bu natija orqali O‘zbekiston umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin:
-68 kg: Ulug‘bek Rashidov;
-80 kg: Jasur Jaysunov;
-87 kg: Shuhrat Salayev;
+87 kg: Nikita Rafalovich;
-62 kg: Feruza Sodiqova;
-73 kg: Gulsanam Alijonova.
Kumush:
-57 kg: Madina Mirabzalova;
+73 kg: Svetlana Osipova.
Bronza:
-46 kg: Samira Adashaliyeva;
-49 kg: Zuxra Tojimatova;
-53 kg: Marjona Primova;
-67 kg: Ozoda Sobirjonova.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar