Taekvondo. JCHda O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 13-20 noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi turnirda ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov ham tarkibdan joy olgan.

Meksika mundialida Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolari o‘ynaladi. Ma’lumot uchun Jahon chempionati g‘olibi Olimpida yo‘lida 140 ochkoga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:

-54 kg: Jahongir Xudoyberidev;
-58 kg: Amir To‘rayev;
-63 kg: Niyoz Po‘latov;
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov;
-74 kg: Jasur Jaysunov;
-80 kg: Shuhrat Salayev;
-87 kg: Nikita Rafalovich;
+87 kg: Marat Mavlonov;
-46 kg: Zuhra Tojimatova;
-49 kg: Zarnigor Husniddinova;
-53 kg: Sitora Ergasheva;
-57 kg: Madina Mirbzalova;
-62 kg: Feruza Sodiqova;
-67 kg: Ozoda Sobirjonova;
-73 kg: Saodat Aliyeva;
+73 kg: Svetlana Osipova.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Taekvondo

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing