Ulug‘bek Rashidov Olimpiadaning yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Taekvondo bahslarida -68 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov Parij Olimpiadasida yarim finalga chiqdi.

Chorak final jangida 22 yoshli Rashidov Yu Lyan bilan bahs olib borib, g‘alaba qozondi. Yarim finaldagi g‘alaba Rashidovga Olimpiadaning kamida kumush medalini kafolatlaydi.

Yarim finalda Ulug‘bek ispaniyalik Xaver Peres bilan jang qiladi.

Birinchi bosqich bahslaridan ozod qilingan Rashidov ikkinchi bosqichda gonkonglik Lo Vai Fung 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Taekvondo Ulug'bek Rashidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing