Taekvondo. O‘zbekistonning “Fujairah open” uchun tarkibi ma’lum
Sport
−
02 fevral 2022
3473Joriy yilning fevral oyida Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) taqvim rejasida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda O‘zbekiston taekvondo WTF terma jamoasi 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.
Ayni kunlarda nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi olib borilmoqda.
Joriy yilning 6-8 fevral kunlari BAA mamlakatida eng yirik an’anaviy turnir “Fujairah open-2022” start oladi. Ushbu musobaqada dunyoning eng kuchli taekvondo ustalari erkaklar va ayollar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida bellashadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 4 fevral kuni mazkur yirik turnirda ishtirok etish uchun Dubayga jo‘nab ketadi. Ayrim vazn toifalarida o‘zgarishlar mavjud. “Fujairah open”da Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov, shuningdek, jahon chempionati kumush medal sohibi Nikita Rafalovich va Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori Niyoz Po‘latov ishtirok etadi.
-54kg: Jahongir Xudoyberdiyev, Omonjon Otajonov
-63kg: Niyoz Po‘latov
-68kg: Ulug‘bek Rashidov, Sardor Toirov
-74kg: Jasurbek Jaysunov
-80kg: Nikita Rafalovich
-53kg: Charos Qayumova
-62kg: Feruza Sodiqova
+73kg: Svetlana Osipova, Iroda Mirtojiyeva
7-13 fevral kunlari esa Turkiyada bo‘lib o‘tadigan yana bir muhim turnir – “Turkish open” musobaqasining 17 yoshdan yuqori toifasida 8 nafar o‘zbekistonlik taekvondochilar g‘oliblik uchun dayanga chiqadi.
-58kg: Doniyor Maxkamov, Otabek Turganbekov
-68kg: Najmiddin Qosimxo‘jiyev, Diyorbek To‘xliboyev
-80kg: Shuhrat Salayev
-87kg: Shohrux Rajabov-57kg: Ozoda Sobirjonova
-62kg: Madina Marabzalova
LiveBarchasi