Taekvondo: Ulug‘bek Rashitov Osiyo chempioni bo‘ldi
Sport
−
24 iyun 2022
7768Bugun, 24 iyun kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov ham ishtirok etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
68 kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Ulug‘bek Rashitov finalda Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g‘alabaga erishdi va shu tariqa qit’a birinchiligida zafar quchdi.
Qayd etish joizki, Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi. Chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Engbold Buyanshagai 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Yarim finalda Rashitov eronlik Bozorgishob Darialni taslim qildi.
Ma’lumot uchun, Rashitov 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ygandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi