Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 dekabrdagi 763-son qarori bilan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi. "Norma"ning yozishicha, ular qaror e’lon qilingandan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Xususan, Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi (ilgari bojlar Nizomning 2-ilovasi bilan belgilangan edi).

Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalarining yangi miqdorlari belgilandi (Nizomga 2-ilova).

Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalari

Tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Ariza shakli qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldirildi (Nizomga 5-ilova).

Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing