Tadbirkorlik faoliyatlari ham “yashil”, “sariq” va “qizil” toifaga ajratiladi
Jamiyat
−
26 iyul 2020
191192020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni (keyingi o‘rinlarda – Belgi) berish amaliyoti joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.
Natijada mazkur belgini joriy etish kelgusida kasalliklar, shu jumladan oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish imkonini beradi.
“Yashil” toifadagi Belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).
Belgi tadbirkorlik sub’ektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
LiveBarchasi